» » Tailandda qirol Rama IX uchun motam 30-oktabrda yakunlanadi

Tailandda qirol Rama IX uchun motam 30-oktabrda yakunlanadi


Tailand hukumati o‘tgan yili qirol Pumipon Adulyadet (Rama IX) vafotidan so‘ng mamlakatda e’lon qilingan milliy motam muddatini ikki kunga uzaytirdi. Tailand hukumati matbuot xizmati motam 30-oktabr kuni yakunlanishini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Qirollikda motam monarx vafoti kuni 2016-yilning 13-oktabrida bir yillik muddatga e’lon qilingan edi. Avvalroq hukumat motam muddatini 26-oktabrgacha uzaytirgan edi. Ushbu kunda Bangkokda marhum monarx krematsiya qilinadi.

Endi esa vazirlar mahkamasi motamni uzaytirishga qaror qildi. Chunki Rama IX ni dafn etish marosimi bilan bog‘liq oxirgi tadbirlar aynan 29-oktabr kuni yakunlanadi.

Rama IX 2016-yilning 13-oktabrida uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 88 yoshida Bangkok shifoxonalaridan birida vafot etdi. Dafn etish marosimlari 25-oktabrdan 29-oktabrga qadar davom etadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-10-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют