» » Tailand qiroli Rama X yangi konstitutsiyani imzoladi

Tailand qiroli Rama X yangi konstitutsiyani imzoladi


Tailand qiroli Rama X 6-aprel, payshanba kuni yangi konstitutsiyani imzolagach, u mamlakat bo‘ylab kuchga kirdi. Bu haqda Tailand televideniyesiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Imzolash Bangkokdagi Ananta Samakxom taxt zalida bo‘lib o‘tdi. Qirollik oila a’zolari, qirolning maxfiy maslahatchilari, bosh vazir Prayut Chan-Ochi va bir qator vazirlar ishtirokida monarx hujjatga imzo qo‘ydi. Shundan so‘ng, Tailanddagi barcha Budda ibodatxonalarida qo‘ng‘iroq jarangladi, monaxlar do‘mbiralarni chalish orqali xushxabarni fuqarolarga yetkazdi.

Bundan tashqari, 6-aprel Tailandda milliy bayram — hukmron Chakri sulolasining kuni hisoblanadi. 235 yil avval taxtga o‘tirgan qirol Rama I ning avlodlari 200 yildan ortiq vaqtdan buyon Janubi-Sharqiy osiyodagi eng yirik davlatlardan birini boshqarib kelmoqda.

Опубликовано: admin (6-04-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 141) ( 0) ( 139) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют