» » O‘zbekiston 2019-yilning sentabridan polivinilxlorid ishlab chiqarishni boshlaydi

O‘zbekiston 2019-yilning sentabridan polivinilxlorid ishlab chiqarishni boshlaydi


2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga ko‘ra, joriy yilning sentyabr oyidan boshlab O‘zbekiston “Navoiazot” AJda polivinilxlorid ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar berdi.

2019-yilda bu yerda 17,5 ming tonna polivinilxlorid, 12,9 ming tonna kaustik soda va 52,5 ming tonna metanol ishlab chiqariladi. Yangi zavodning loyiha quvvati 100 ming tonna polivinilxlorid, 71,8 ming tonna kaustik soda va 300 ming tonna metanol ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Polivinilxlorida, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish loyihasi qiymati 500 million dollardan ortiq bo‘lib, 60,3 million dollarni “Navoiazot” AJning o‘z mablag‘lari, 66 million dollarni O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari va 373,8 million dollarni Xitoyning “Eksimbank” keditlari tashkil etadi.

Qurilish ishlari Xitoyning CAMC Engineering Co LTD va va HQC (Shanghai) kompaniyalarining konsortsiumi tomonidan amalga oshirilib, 900 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.

Rasmiy prognozlarga ko‘ra, yangi sanoatda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng O‘zbekiston iste’molchilari import qilish uchun yiliga 260 million dollardan ortiq pul sarflangan mahsulot bilan ta’minlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют