» » O‘zbekistonda jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

O‘zbekistonda jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi


“Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risidagi” qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qonunga ko‘ra jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan quyidagi xavfsizlikni ta’minlash choralari ko‘riladi:

himoya qilinuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash;

shaxsni, uy-joyni va boshqa mol-mulkni qo‘riqlash;

maxsus individual himoya vositalarini va texnik vositalarni qonunda belgilangan tartibda berish;

vaqtinchalik xavfsiz joyga joylashtirish;

boshqa yashash joyiga ko‘chirish, ish (xizmat) yoki o‘qish joyini o‘zgartirish;

hujjatlarni almashtirish;

himoya qilinuvchi shaxs haqidagi ma’lumotlardan foydalanilishini cheklash;

qamoqda yoki jazoni o‘tash joyida saqlanayotgan himoya qilinuvchi shaxsga nisbatan qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ta’minlash.

Qo‘llanilayotgan xavfsizlik choralari himoya qilinuvchi va boshqa shaxslarning uy-joyga, mehnatga, pensiyaga oid va boshqa huquqlarini cheklamasligi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют