» » O‘zbekistonda guvohlarni himoya qilish dasturi joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda guvohlarni himoya qilish dasturi joriy etilishi mumkin


O‘zbekiston Oliy sudi mamlakatda guvohlarni himoya qilish tizimini joriy etishni taklif qilmoqda. Yangi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirildi, deya xabar beradi Sputnik.

Keltirilgan jadvalga ko‘ra qonun loyihasi sentabr oyida parlament muhokamasiga chiqariladi.

“Yangi qonun qabul qilingan taqdirda, jinoiy ish yuzasidan jalb etilgan fuqarolarni himoya qilish hamda Istanbul shartnomasini bajarish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida xalqaro maydonda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida mamlakat obro‘sini ko‘taradi”, — deyiladi qonun loyihasi izohida.

Taklif qilinayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, xavfsizlik maqsadida guvohlar pasport ma’lumotlari va tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishi, ayrim shaxslar haqidagi ma’lumotlarga cheklov kiritish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, jinoyat ishida ishtirok etayotgan fuqarolar uyini qo‘riqlash, shaxsiy qo‘riqchi ajratish uy va ish joylarini almashtirish imkoniyati ham beriladi.

Himoya choralari quyidagi shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin:

Jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakili;

Guvoh;

Prokuror va advokat;

Gumon qilinuvchi shaxs yoki uning vakillari;

Sudlanib oqlangan kishi, agar unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bekor qilingan bo‘lsa;

Ushbu ishda qatnashuvchi mutaxassislar: ekspert, tarjimon, pedagog va psixiologlar.

Qonun loyihasida belgilanishiga ko‘ra, ushbu dastur faqat davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют