» » “Liverpul” himoyachisi jarohati tufayli bir oyga yaqin maydonga tusha olmaydi

“Liverpul” himoyachisi jarohati tufayli bir oyga yaqin maydonga tusha olmaydi


Angliya terma jamoasi hamda “Liverpul” klubi himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold jarohat oldi.

20 yoshli futbolchi 12-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Angliya premyer ligasining 22-turida “Brayton”ga qarshi o‘yinoldi mashg‘ulotida tizzasida noqulaylik sezgan, biroq uchrashuv so‘ngiga qadar maydonda to‘p surdi.

Tibbiy tekshiruvlar xulosasiga ko‘ra, Trentning tizza bo‘g‘imlarida paylar uzilgan. BBC’ning xabar berishicha, himoyachi kamida ikki hafta maydonga tushmaydi. Telegraph’ning yozishicha esa u bir oy davomida jamoasiga yordam bera olmaydi.

19-fevral kuni “Liverpul” Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida “Bavariya”ga qarshi dastlabki uchrashuvini o‘tkazadi. Aleksandr-Arnold mazkur o‘yinda maydonga tushishi mumkin, deyiladi xabarda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют