» » Harri Keyn jarohati sabab 1,5 oyga safdan chiqdi

Harri Keyn jarohati sabab 1,5 oyga safdan chiqdi


“Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn Angliya chempionatining 22-turida “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi (0:1).

Dastlabki tekshiruv natijasida “shporlar” sardorining chap oyog‘i to‘pig‘idagi paylar uzilganligi aniqlandi.

Klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berilishicha, Keyn mart oyiga qadar mashg‘ulotlarda ishtirok eta olmaydi.

Futbolchi APLda to‘purarlar bahsida Pyer-Emerik Obameyang va Muhammad Saloh bilan kurash olib borayotgan edi.

26 yoshli hujumchi Liga Kubogi yarim finalida “Chelsi”ga qarshi va Chempionlar Ligasi 1/8 finali bosqichida “Borussiya Dordmund” bilan kechadigan dastlabki o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Bundan tashqari, APL doirasidagi “Chelsi” hamda “Arsenal” klublariga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushishi so‘roq ostida.

Ma’lumot uchun, Keyn joriy mavsumda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют