» » Fargonada oziga shariy nikoh oqigan fuqaro jazoga tortildi

Fargonada oziga shariy nikoh oqigan fuqaro jazoga tortildi


Otgan yilda Fargona viloyati Toshloq tuman mamuriy sudiga tuman ichki ishlar bolimi tomonidan diniy marosimlarni otkazish qoidalarini buzish hamda diniy talimotdan saboq berish tartibini buzish bilan bogliq yigirmaga yaqin mamuriy huquqbuzarlikka oid ishlar mazmunan korib chiqishlik uchun taqdim qilindi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Xususan, sudga Honaqa mahalla fuqarolar yiginida yashovchi A. H ga nisbatan Ozbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksining 201-moddasi 2-qismi bilan toplangan mamuriy ish xujjatlari kelib tushib, sud majlisida muhokama qilindi. U hech qanday diniy malumotga ega bolmasada, diniy marosimlar otkazish qoidalarini buzib, M. Maqsudovaning qonuniy turmush ortogi A. Kamolovni boshqa bir ayolga shariy nikohlab qoyganligi aniqlandi. Sudning qarori bilan unga nisbatan eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Qumariq mahalla fuqarolar yiginida yashovchi O. N ham 2018 yil 21 mart kuni hech qanday diniy malumotga ega bolmasada, diniy marosimlar otkazish qoidalarini buzib, oz oglini boshqa bir ayolga shariy nikohlab qoygan.

Honaqa mahalla fuqarolar yiginida yashovchi K. E ham Sh.E bilan qonuniy nikohi bolishiga qaramasdan ozini M.O ga shariy nikohlab olgan. Sudning qarori bilan unga nisbatan eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Amaldagi tartiblarga binoan shariy nikoh oqish diniy malumotga ega bolgan vakolatli shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va buning uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bolimining ruxsati kerak boladi. Ozbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13-moddasiga muvofiq nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas. Tegishli idora ruxsatisiz shariy nikoh oqigan har qanday fuqaro, mavqeidan qatiy nazar qonun oldida javobgardir.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-01-2019, 18:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -