» » “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi tashkil etildi

“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi tashkil etildi


Prezident qaroriga binoan “O‘zpaxtayog‘” AJ negizida O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi) tashkil etildi.

Uyushmaga “O‘zpaxtayog‘” AJga tegishli bo‘lgan mol-mulk va boshqa mablag‘lar, shuningdek, debitor va kreditor qarzdorliklar o‘tkaziladi. “O‘zpaxtayog‘” AJga tegishli xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi ko‘chmas mulk va aksiyalar paketi (ulushi) bundan mustasno. Aksiyalar paketi (ulushi) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi.

Ixtiyoriy ravishda a’zo bo‘lgan yog‘-moy sanoati korxonalari va tashkilotlari “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi a’zolari hisoblanadi;

“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi ijro apparatining tuzilmasini tasdiqlash uning ta’sischilarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan amalga oshiriladi;

“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi raisi va uning o‘rinbosarlari Iqtisodiyot va sanoat vazirligining taqdimnomasiga asosan uning ta’sischilarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan saylanadi;

“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi faoliyatini joriy ta’minlash va moliyalashtirish uning a’zolarining badallari va ajratmalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

yog‘-moy xom ashyolarini qayta ishlash va yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yagona kompleks sifatida yog‘-moy sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy bozor munosabatlarini tarmoqqa keng joriy qilish;

“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi a’zo tashkilotlarining huquq va manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlash;

ichki va tashqi bozorda marketing tadqiqotlarini tashkil qilish, tarmoqni rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, xom ashyoni chuqur qayta ishlashda va sifatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ozuqa-yem bazasini kengaytirish, ichki bozorni yog‘-moy mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlashda tarmoq korxonalariga ko‘maklashish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют