» » Ozarbayjonliklar O‘zbekistonning Xalq qabulxonalari tajribasiga qiziqish bildirdi

Ozarbayjonliklar O‘zbekistonning Xalq qabulxonalari tajribasiga qiziqish bildirdi


Ozarbayjon Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari O‘zbekistonda tashkil etilgan Xalq qabulxonalari tajribasiga qiziqmoqda, deb yozadi O‘zA.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yaratish va faoliyat yuritish, aholi bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mazkur sohada innovatsion yondashuvlar bilan almashish maqsadida O‘zbekistonga Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Ular O‘zbekiston Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi rahbariyati bilan muzokaralar olib borib, kelgusida istiqbolli rejalar haqida so‘z yuritishga, yaqinda ochilgan Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazi misolida faoliyatni amaliyotda o‘rganishga, Markazga kelish imkoni bo‘lmagan fuqarolar uchun yo‘lga qo‘yilgan sayyor “mobil” davlat xizmatlari bilan tanishishga ulgurdi.

Tashrif davomida ozarbayjonliklar O‘zbekiston Respublikasi Xalq qabulxonalari tajribasiga qiziqish bildirdi. Mazkur tashkilotning ishlash tamoyillari bilan tanishish maqsadida delegatlar Xalq qabulxonasining Samarqand shahri bo‘limiga tashrif buyurdi. Samarqand viloyati Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Ushbu muassasalarga amaldagi qonun hujjatlarini biladigan, aholi bilan ishlash uchun yetarli tajribaga ega mutaxassislar jalb qilingani, fuqarolarga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida, zamonaviy Davlat xizmatlari markazlari bilan bir binoda joylashgani hamda fuqarolarning davlat xizmatlari sohasiga oid masalalari bitta joyda hal etilayotgani mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют