» » Tojikiston delegatsiyasi O‘zbekistonning adliya sohasidagi islohotlar bilan tanishdi

Tojikiston delegatsiyasi O‘zbekistonning adliya sohasidagi islohotlar bilan tanishdi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Xoliqzoda Abdumanon G‘affor boshchiligidagi delegatsiya shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tashrif doirasida bugun, 27-noyabr kuni Toshkentda delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbariyati bilan uchrashdi.

O‘zaro muloqotda Adliya vaziri o‘rinbosari Mahmud Istamov mehmonlarni mamlakatda huquqiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.

O‘z navbatida, Abdumanon Xoliqzoda qabul va tanishtiruv uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda notarial, FHDYo organlari va advokatura institutlari faoliyatdagi ijobiy o‘zgarishlarga, yangiliklarga yuqori baho berdi.

Uchrashuv doirasida Adliya vazirligining bugungi kundagi faoliyati, vazifalari, notarial sohada, fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, aholining huquqiy xabardorligini oshirish yo‘nalishida olib borayotgan ishlari mazmun-mohiyati qamrab olingan taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, tomonlar adliya sohasida ikki tomonlama hamkorlik qilish istiqbollarini muhokama qildi.

– O‘zbekiston adliya sohasida katta tajriba ega, – dedi Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Asadulla Hakimov. – Tashrif doirasida biz ana shu tajriba bilan yaqindan tanishishni maqsad qilganmiz. Bugungi uchrashuvda ham mamlakatingiz adliya tizimida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish borasida bir qancha yangiliklar joriy qilinganiga guvoh bo‘ldik. Yana bir narsani alohida ta’kidlash joizki, joriy yilda mamlakatlarimiz Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolangan edi. O‘zaro tajriba almashinuvimiz ana shu hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘lmoqda. Biz o‘zbekistonlik hamkasblarimizni ham Tojikistonga tashrif buyurib, tajribalarimiz bilan yaqindan tanishishga taklif etamiz.

Shu kuni Toshkent Davlat yuridik universitetida Adliya vazirligi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlanib tashkil etilgan seminarda ham delegatsiya vakillari ishtirok etdi.

Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasining mamlakatga tashrifi davom etadi. Mehmonlarni Buxoro va Samarqand shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlari, notarial idoralar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 108) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют