» » O‘zbekiston Adliya vazirligi mas’ul xodimlari qozog‘istonlik hamkasblari faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Adliya vazirligi mas’ul xodimlari qozog‘istonlik hamkasblari faoliyati bilan tanishdi


17—28-sentabr kunlari O‘zbekiston Adliya vazirligining mas’ul xodimlari tajriba almashish doirasida Qozog‘iston Adliya vazirligi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Uchrashuv doirasida Qozog‘iston adliya vaziri M. Beketayev davlat tomonidan ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va milliy qonunchilikning xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.

Tashrif dasturi nafaqat Qozog‘iston Adliya vazirligining departament va boshqarmalari, balki Intellektual mulk milliy instituti, Qonunchilik instituti, Respublika huquqiy axborot markazi, Sud-ekspertizalari markazi, Ostona shahrining Adliya departamenti faoliyati taqdimotini ham ko‘zda tutadi.

Tashrif konstruktiv ruhda o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют