» » Adliya vazirligida Litva Notariuslar palatasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Adliya vazirligida Litva Notariuslar palatasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Litva Notariuslar palatasi prezidenti Maryus Strachkaytis va mazkur palata maslahatchisi Egle Chaplinsken bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan maqsad Litvaning notariat sohasidagi tajribasi hamda O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishga bog‘liq masalalarni muhokama qilishdan iborat. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, UzDaily xabar berdi.

O‘zbekiston tomoni mehmonlarni Adliya vazirligining asosiy faoliyatlari va ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.

O‘z navbatida, Maryus Strachkaytis mazkur uchrashuv tashkillashtirilgani uchun minnatdorchilik bildirdi va yaqin kelajakda O‘zbekiston Xalqaro notariatlar kenashiga a’zo bo‘lishini tiladi.

Maryus Strachkaytis O‘zbekistonda notariuslar tizimini takomillashtirishda yordam ko‘rsatishga hamda ushbu sohadagi mamlakat tajribasi bilan tanishish uchun O‘zbekiston delegatsiyasini Litvada qabul qilishga tayyorligini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют