» » Krishtianu Ronaldu va uning rafiqasi saratonga chalingan qirg‘izistonlik qizchani yo‘qladi

Krishtianu Ronaldu va uning rafiqasi saratonga chalingan qirg‘izistonlik qizchani yo‘qladi


Qirg‘izistonlik shifokor-onkolog Damira Bayzakova o‘zining “Facebook” akkauntida xabar berishicha, yurtdoshi Yuna ismli qizaloq suyak saratoni kasalligiga chalingan. U hozirda Italiyaning Turin shifoxonalaridan birida davolanmoqda.

“Bu qirg‘izistonlik Yuna ismli qizaloq. Afsuski u ham suyak saratoni kasalligi bilan og‘rigan. Yaxshiyamki, davolanishning eng qiyin bosqichlari ortda qoldi. Yuna bizda kimyoviy terapiya qabul qilib, jarrohlik amaliyotini o‘tash va uzoq muddatli davolanish uchun Turin shahriga (Italiya) jo‘nab ketdi. Allohga shukr, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Barcha xarajatlarni to‘lagan va qirg‘iz bolalariga yordam berayotgan Rodney Seddon, shifokorlar Raymond Piana, Sebastyan va Nikollo Rotte, bolajonlarimiz murabbiyi Oleksandr Vakulga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

“Yuventus” klubi a’zolari bolajonlarimizni yo‘qlash uchun borishdi. Yunani ko‘rish uchun bir nechta futbolchilar, jumladan, mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu va uning rafiqasi Jorjina Rodriges tashrif buyurdi.

Nurpazila xolidan xabar olish uchun Italiya politsiyasi sovg‘alar bilan borishdi. Uning ham ahvoli yaxshi. Tezroq tuzalib keting, azizlarim”, — deb gapini yakunlaydi Damira Bayzakova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют