» » Shavkat Mirziyoyev Hindistonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Hindistonga jo‘nab ketdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-yanvar kuni “Jo‘shqin Gujarat – 2019” IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etish uchun Hindistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Sammitning asosiy tadbirlari ertaga, 18-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Davlat rahbari sammit yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi, shuningdek, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan muzokara o‘tkazadi.

Narendra Modi tashabbusi bilan 2003-yildan buyon Gujarat shtati markazi Gandinagar shahrida o‘tkazib kelinayotgan “Jo‘shqin Gujarat” sammiti mintaqadagi eng yirik xalqaro forumlardan biri hisoblanadi.

Hindiston farmatsevtika sanoati markazi bo‘lgan Gujaratda dunyodagi eng ilg‘or kompaniyalar faoliyat yuritadi. Sammit doirasida ular bilan O‘zbekiston kompaniyalari va hududlari o‘rtasida savdo va biznesni kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют