» » Putin bir kunlik tashrif bilan Serbiyaga keldi

Putin bir kunlik tashrif bilan Serbiyaga keldi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17-yanvar kuni bir kunlik tashrif bilan Serbiyaga keldi, uning samolyoti Belgradning “Nikola Tesla” aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Putinni samolyot trapida Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich faxriy qorovullar rotasi bilan kutib oldi.

Kun davomida ikki mamlakat yetakchilari dastlab tor doirada, so‘ngra delegatsiyalarning kengaytirilgan tarkibida muzokaralar o‘tkazadi. Tashqi siyosat, energetika, sanoat kooperatsiyasi, temiryo‘l infratuzilmasi, ijtimoiy himoya, ta’lim, raqamli texnologiya, innovatsiyalar, kosmik bo‘shliqni tadqiq etish kabi sohalarni qamrab oluvchi 20 dan ortiq ikki tomonlama hujjatning imzolanishi kutilmoqda.

Shuningdek, RF prezidentining Bosniya va Gersegovina prezidiumi raisi Milorad Dodik bilan uchrashishi kutilmoqda.

Putinning tashrifi Serbiyada katta qiziqish uyg‘otdi. Bundan avval Rossiya yetakchisi 2014-yilning oktabrida Belgradga tashrif buyurgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют