» » O‘zbekistonda bolalar uchun gapiruvchi kitob chop etilmoqda

O‘zbekistonda bolalar uchun gapiruvchi kitob chop etilmoqda


O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tasarrufidagi “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi ilk bor Montessori tizimida bolalar uchun ovozli (gapiruvchi) kitobcha chop etmoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur kitobcha yordamida bolalar rus alifbosi bilan tanishtiriladi. Maxsus tugmalar bosilganda har bir harfning ovozli talaffuzi yangraydi va bolalar o‘z talaffuzini ovozli namuna bilan taqqoslash imkoniga ega bo‘ladi.

Har bir sahifada alifbo harflari bilan boshlanadigan narsa-buyumlarning rasmi ham aks etgan. Bolalar bu rasmlar orqali narsa-buyumlar qanday nomlanishini eshitib, o‘rganib olishi mumkin. Kitobchada har bir harf uchun o‘sha harf bilan boshlanuvchi to‘rtlik she’rlar berilgan. She’rlarning audio shakli ham mavjud.

Ushbu kitobchadan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari hamda ota-onalar foydalanishi mumkin.

Bolalar sahifada berilgan harflarning yozma namunalarini marker bilan yozishi va o‘chirishi mumkin. Bu esa kitobdan qayta-qayta foydalanish imkonini beradi.

“O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2019-yilda mazkur kitobning o‘zbek tilidagi “Alifbo”sini hamda sanoq sonlar va hayvonlar haqidagi variantini chop etishni rejalashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют