» » 18 yil avval 9/11 teraktida tirik qolgan amerikalik fuqaro terrorchilik hujumida halok bo‘ldi

18 yil avval 9/11 teraktida tirik qolgan amerikalik fuqaro terrorchilik hujumida halok bo‘ldi


Keniya poytaxtida joylashgan biznesni rivojlantirish firma direktori Jeyson Spindler 15-yanvar kuni vafot etdi. Bu haqda “Forum Daily” xabar berdi.

O‘ldirilgan amerikalikning oilasi ijtimoiy tarmoq sahifalarida uning 2001-yil 11-sentabrda Nyu-Yorkdagi Butunjahon Savdo Markazida sodir bo‘lgan terrorchilik hujumida omon qolganini yozgan.

AQSh Davlat departamenti o‘ldirilganlar orasida amerikalik fuqaro borligini tasdiqladi, ammo uning ismini rasman e’lon qilmadi.

16-yanvar kuni Keniya prezidenti 14 kishini hayotdan olib ketgan, mehmonxonaga va savdo markaziga hujum qilgan islomiy ekstremistlarning huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘ldirilganini, ma’lum qilgan.

“Qo‘rqmasdan ishga qaytaverinlar. Barcha terrorchilar yo‘q qilindi”, — deydi prezident Uxuru Kenyatta Nairobi shahridagi mehmonxona majmuasi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha operatsiya tugaganini e’lon qilib.

Kenyatta televideniye orqali murojaatida hujumga qancha harbiylar jalb qilinganini aytmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik amaliyoti vaqtida 700 dan ortiq kishi evakuatsiya qilingan.

“Al-Qoida” tarmog‘iga aloqador ash-Shabab ekstremistik guruhi DusitD2 mehmonxonasida, bar, restoranlar, idoralar va banklarni o‘z ichiga olgan terrorchilik hujumi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 110) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют