» » 5 yoshli Behruzning ota-onasi topgan-tutganini dorilarga sarflamoqda, lekin bu kam

5 yoshli Behruzning ota-onasi topgan-tutganini dorilarga sarflamoqda, lekin bu kam


“Daryo” tahririyatiga Behruz Utepbergenovning onasi Zumrad Sultonova murojaat qildi. Ayni kunda uning farzandi oqqon tashxisi bilan Nukus shahridagi Gematologiya markazining shifoxonasida davolanmoqda.

Uning tashxisi: chuqur limfoblast leykoz, 1-faol davri.

Poytaxtdagi Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotnomasiga ko‘ra, Bexruz institutning 1-bolalar bo‘limida 2018-yilning mart oyidan boshlab bir muddat davolangan.

“Kelganimizda ahvoli og‘ir edi. To‘rt marta qon quyishdi, 2 marotaba tromba qo‘yildi, 4 marta plazma quyildi, 5 bora kimyo terapiyasini oldi. Eng kuchli antibiotik –anbizolni 8 marta oldi. Ahvoli yaxshilanmoqda

Moskvaga tahlil jo‘natganimizda, u yerdan ham oqqon javobi kelgan. Hozir yana 8 ta kurs olamiz, bitta kurs ikki oyni tashkil etadi. Keyin har 15 kunda kimyoviy muolajalar olib yurarkan. Dorilari juda qimmat. Hozirda shu kasallik bilan kurashayotganimizga 10 oydan oshdi. Topganimiz, yig‘ib qo‘yganlarimizning hammasi dori-darmonlarga sarflanib, tugab bitdi.

Taqdir ekan, nasib etsa yaxshilar yordami bilan bolam tuzalib ketadi. Dunyoda yaxshi insonlar ko‘p. Yordam berishlarini o‘tinib so‘rardim”,—deydi Behruzning onasi Zumrad Sultonova.

Oila hozirda qiyin ahvolda. Dorilar juda qimmatligi sabab ularni olishga moddiy tomondan imkonlari yetmayapti.

Behruzning sog‘ayib ketishiga hissa qo‘shaylik!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme) Onasi Zumrad Sultonova nomiga ochilgan.

Xalq banki: 8600 0609 4593 3969

Xorijdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun pasport ma’lumotlari:

Zumrad Sultonova Furxatovna.

Onasi Zumrad Sultonovaning telefon raqami: +99897 353 86 65



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют