» » Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbariga o‘rinbosar tayinlandi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbariga o‘rinbosar tayinlandi


Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Azimjon Rajapovich Yusupov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “O‘zA” xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan Markaz rahbarining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari — tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosariga tenglashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, milliy ma’naviyatning ma’no-mohiyati, ildizlari, noyob va betakror namunalari, uning bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari haqida aniq maqsadga qaratilgan izchil, ta’sirli va zamonaviy usul va vositalardan foydalangan holda targ‘ibot ishlarini olib borish Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining asosiy maqsadi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют