» » “Yoshlar press klubi”da ma’naviyat va ma’rifat masalalariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi

“Yoshlar press klubi”da ma’naviyat va ma’rifat masalalariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi


2-noyabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Yoshlar press klubi”da “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini takomillashtirishning ilmiy-amaliy masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar bermoqda.

Konferensiyada ma’naviyat va ma’rifat sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassislar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, mustaqil izlanuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan targ‘ibot ishlariga tizimli, izchil va yangi uslublarni joriy etish maqsadida markazda olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilardan iborat “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tashkil etilgani va uning maqsad vazifasi xususida alohida ta’kidlandi.

Konferensiya “Respublikada ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati va istiqboldagi strategik vazifalar”, “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni takomillashtirishning samarali usullari”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar natijadorligini oshirishning dolzarb vazifalari va uning yechimlari” kabi ilmiy yo‘nalishlarda ish olib bordi.

Shuningdek, ta’lim tizimida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha yangicha yondashuvlar, uslub va usullar, mexanizmlar haqida keng mulohazalar yuritildi.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 125) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют