» » 17-yanvar kuni Samarqandda 7-sinf, Qashqadaryoda 8-sinf o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi

17-yanvar kuni Samarqandda 7-sinf, Qashqadaryoda 8-sinf o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi


17-yanvar kuni Samarqand viloyatida 7-sinfda tahsil oluvchi qiz, Qashqadaryoda 8-sinf o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi.

Soat 17:00 larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 98-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi N.A. ismli qiz o‘zini osib qo‘ygan. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Ayni paytda tuman prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib bormoqda.

Qashqadaryoning G‘uzor tumanidagi 27-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi T.A. 17-yanvar kuni o‘zi istiqomat qiluvchi uydagi molxonaning boloriga o‘zini osgan holda topilgan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmatiga tayanib, jurnalist Otabek Qo‘ldoshev xabar berdi.

Voqea soat 17:30 da sodir bo‘lgan. “2005-yilda tug‘ilgan T.A. so‘nggi paytlarda juda tushkun kayfiyatda yurganligi aytilmoqda”, — deyiladi viloyat IIB matbuot xizmati xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют