» » Farg‘onada ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilganligi uchun qamalgan shaxsning jazo chorasi o‘zgartirildi

Farg‘onada ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilganligi uchun qamalgan shaxsning jazo chorasi o‘zgartirildi


Farg‘onada ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik oqim g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib qamalgan shaxs fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman kengashining kafilligi bilan qamoqdan ozod etildi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudining sudyasi D.Xoliqnazarova O‘zA muxbiriga ma’lum qildi.

Farg‘ona tumanilik Rustam Karimov 2014-yil iyul oyida yollanma ishchi sifatida Rossiya Federatsiyasining Qozon shahriga borib-kelib yurishi davomida ijtimoiy tarmoqda jihodchilar diniy ekstremistik oqim g‘oyalarini targ‘ib qilish va boshqa fuqarolarga tarqatish maqsadida profil yaratgan.

U 2017-yil 25-avgust kuni Qozon shahrida yurgan paytda Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishi Sh. Tursunaliyevning sahifasiga 4 dona aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan diniy mazmundagi audio ma’ruzalari va terrorchilik tashkilotining ramziy belgisi bo‘lgan bir dona qora bayroq tasviri tushirilgan rasmni tarqatgan.

Yaratilgan profilning “do‘stlar” qismida u ekstremistik oqimlarga a’zo bo‘lgan bir necha shaxs bilan do‘stlashgani hamda diniy ekstremistlarni “jihod” harakatlariga chorlovchi audioroliklari va videofilmlarini boshqalarga tarqatish va Telegram kanaliga a’zo bo‘lishga undovchi yozishmalar joylashtirilganligi aniqlangan. Ushbu materiallar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilgan.

R. Karimovga sud hukmiga ko‘ra, Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi asosida 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudi appelyatsiya sudlov hay’atining ochiq sud majlisida appelyatsiya shikoyati ish materiallariga qo‘shib ko‘rib chiqildi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Farg‘ona tumani kengashining kafillik xati, R. Karimovning qilmishidan pushaymonligi, oilaviy sharoiti, adashib jinoyat yo‘liga kirib qolganligi kabi holatlarni inobatga olib, sud hukmini o‘zgartirdi.

Ajrimga asosan, Rustam Karimovga uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Uning zimmasiga uyali aloqa vositalaridan foydalanmaslik va ijtimoiy tarmoqqa ulanmaslik qo‘shimcha taqiqlari yuklatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют