» » Fotogalereya: Shimoliy Koreya haqida 16 ta ishonib bo‘lmas fakt

Fotogalereya: Shimoliy Koreya haqida 16 ta ishonib bo‘lmas fakt


Shimoliy Koreya butunlay yopiq va sirlarga boy davlat hisoblanadi. Mamlakatdagi hayot tarzini sayyohlar tomonidan olingan suratlar yordamida ko‘rish mumkin. Davlat haqidagi ishonib bo‘lmaydigan ma‘lumotlar vaqt o‘tgan sayin butun dunyoga ma’lum bo‘lib bomoqda. Travelask nashri KXDR haqidagi 16 ta antiqa ma’lumotni taqdim etdi.

Shimoliy Koreyada ayollar uchun qonunan ruxsat etilgan 18 xil, erkaklar uchun esa 10 xil soch turmagi bor.

KXDRda chuchxe kalendari amal qiladi. Kalendar davlatni 1948 — 1994-yillarda boshqargan Kim Ir Senning tug‘ilgan yili 1912-yildan boshlab hisoblangan, shuning uchun hozir davlatda 105-yil hisoblanadi.

Pxenyanda qad rostlab turgan Ryugyon mehmonxonasi balandligi bo‘yicha dunyoda 24-o‘rinda turadi. Biroq u foydalanishga topshirilmagan, uning 3000 ta xonasi bo‘m-bo‘sh yotibdi.

2014-yilda Kim Chen In Choco Pie’ning ommabopligidan xavfsirab, uni kapitalizmning ramzi sifatida mamlakatda taqiqladi. Janubiy koreyaliklar esa och qolgan shimoliy koreyaliklarga havo sharlari yordamida Choco Pie jo‘nata boshladi.

Shimoliy Koreyada ko‘k jinsi shim kiyish taqiqlangan. U Amerika imperalizmi ramzi hisoblanadi.

Marixuana chekish qonuniy hisoblanadi.

Davlatda “uch avlodni jazolash” mavjud. Buning ma’nosi shuki, kimdir qamoqqa tushsa, u bilan butun oila qamoqqa ketadi, keyingi ikki avlod esa qamoqda tug‘iladi va butun umrini shu yerda o‘tkazadi.

Shimoliy Koreya shu darajada kam elektr energiyasi ishlab chiqaradiki, u koinotdan deyarli ko‘rinmaydi.

Kim Chen Ir vafot etgandan so‘ng minglab fuqarolar qamoqqa olingan. Ular dahoning vafoti uchun kam yig‘laganlikda ayblangan.

Mamlakatdagi har bir uy xo‘jaligi va biznes obyektida radio o‘rnatilgan. U hukumat tomonidan nazorat qilinadi va uni o‘chirish taqiqlangan.

Har bir o‘qituvchi akkordeon chalishni bilishi shart. Bu musiqa asbobi “milliy” cholg‘u hisoblanadi, uni dala ishlariga olib borish mumkin.

KXDR 2015-yilda o‘zining soat mintaqasini yaratdi. Avval esa mamlakatda Janubiy Koreya va Yaponiya bilan bir xil soat mintaqasi amal qilgan.

2012-yilda mamlakat arxeologlari Qadimgi Koreya qiroli Tanmenga tegishli bo‘lgan shoxli ot uyasini topdi.

Shimoliy Koreya Coca-Cola sotib olish taqiqlangan ikki davlatning biri hisoblanadi. Ikkinchi davlat esa Kuba.

KXDR aholisi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatiga ega emas. Internetdan faqat hukumat va davlat tashkilotlari ehtiyojlari uchun foydalaniladi. 2015-yilda internetga ulangan faol IP-manzillar soni 1500 tadan oshmagan.

AQShning egallab olingan “Pueblo” kemasi sayyohlar tashrif buyuradigan yodgorlikka aylangan. Razvedka kemasi 1968-yilda qo‘lga kiritilgan bo‘lib, mamlakat aholisi uchun Amerika imperializmi ustidan qozonilgan g‘alaba ramzi hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют