» » La Liga. “Real” “Sevilya”ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi, Kazemirodan super gol (video)

La Liga. “Real” “Sevilya”ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi, Kazemirodan super gol (video)


19-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 20-turi doirasida navbatdagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Madridning “Real” klubi o‘z maydonida Pablo Machin boshliq “Sevilya” jamoasi bilan bellashdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Barcha gollar uchrashuvning 2-bo‘limida urildi. 78-daqiqada “Qirollik klubi” yarim himoyachisi Kazemiro raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, o‘yinning 90+2-daqiqasiga kelib Luka Modrich andalusiyaliklarning xatosidan unumli foydalandi va g‘alabani mustahkamladi (2:0).

Shu tariqa “Real” “Sevilya” darvozasiga javobsiz ikkita gol urib, muhim g‘alabaga erishdi.

Ma’lumot uchun, madridliklar musobaqa jadvalida 36 ochko to‘plab, 3-o‘rinda bormoqda. “Sevilya”ning hisobida esa 33 ochko mavjud (4-o‘rin).

La Liga

20-tur bahslari

18-yanvar, juma

Gollar: 1:0 — 33 Mata, 2:0 — 46 Molina, 3:0 — 55 Molina, 4:0 — 88 Mata.

19-yanvar, shanba

Gollar: 1:0 – 78 Kazemiro, 2:0 – 90 Modrich.

“Real”: Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Regilon, Modrich, Kazemiro, Sebalyos (Valverde, 88), Vaskes (Isko, 77), Benzema, Xunior.

“Sevilya”: Vatslik, Karriso, Kyer, Gomes, Navas, Sarabiya, Banega, Vaskes, Eskudero Palomo (Gil, 86), Ben Yedder (Promes, 71), Silva (Al-Haddodiy, 75).

Ogohlantirishlar: Karriso (30), Banega (54), Kasemiro (61), Sebalyos (65), Kyer (85).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют