» » Ikki o‘yinda “Atletiko” darvozasiga 5 ta gol urgan “Sevilya” Ispaniya Kubogida yarim finalga yo‘l oldi

Ikki o‘yinda “Atletiko” darvozasiga 5 ta gol urgan “Sevilya” Ispaniya Kubogida yarim finalga yo‘l oldi


Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining birinchisi yarim finalchisi nomi kecha — 23-yanvar kuni aniq bo‘ldi.

Madridning “Atletiko” klubi bilan to‘qnash kelgan “Sevilya” o‘z maydonida 3:1 hisobida zafar quchdi. Tomonlarning “Vanda Metropolitano” arenasida kechgan birinchi o‘yinida ham Vinchenso Montella boshchilik qilayotgan “Sevilya”ning qo‘li baland kelgandi — 2:1.

Shu tariqa La Liga chempioni bo‘lishdan umidini uzmagan “Atletiko” kubokdan chiqib ketdi. Avvalroq madridliklar “Chelsi” va “Roma” bilan raqobatlasha olmay, Chempionlar Ligasidan uchirma bo‘lgan va ishtirokini Yevropa Ligasida davom ettirishiga to‘g‘ri kelib qolgandi.

Bugun Madridning “Real” klubi yarim final yo‘lida saf tortadi. Shuningdek, “Valensiya” futbolchilari ham bu borada yaxshi imkoniyat hosil qilgan. “Barselona”ning ishi esa biroz og‘irroq. Kataloniya derbisida “Espanyol”dan yengilgan Valverde jamoasi, ertaga bo‘lib o‘tadigan javob o‘yinida vaziyatni o‘nglashi kerak bo‘ladi.

Ispaniya Kubogi

Chorak final

23-yanvar, seshanba

Gollar: Serxio Eskudero, 1 (1:0). Antuan Grizmann, 13 (1:1). Ever Banega, 48-pen (2:1). Pablo Sarabiya, 79 (3:1).

Dastlabki o‘yin: 2:1

24-yanvar, chorshanba

“Alaves” — “Valensiya” (1:2)

“Real Madrid” — “Leganes” (1:0)

25-yanvar, payshanba

“Barselona” — “Espanyol” (0:1)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 133) ( 0) ( 132) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют