» » Osiyo Kubogi—2019. Bugun chorak finalning 3 ishtirokchisi ma’lum bo‘ladi

Osiyo Kubogi—2019. Bugun chorak finalning 3 ishtirokchisi ma’lum bo‘ladi


20-yanvar, yakshanba kuni BAA mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasi nimchorak final bosqichi o‘yinlari boshlanadi.

Kunning birinchi o‘yinida Iordaniya terma jamoasi Vyetnamga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi. Qayd etish joiz, Iordaniya “B” guruhida Avstraliyani 2-o‘rinda qoldirib, pley-offga chiqqan bo‘lsa, Vyetnam esa “D” guruhida uchinchi o‘rinnni olganiga qaramay, Livan terma jamoasiga qaraganda sariq kartochkalari kamligi bois nimchorak finalga chiqqandi.

Ikkinchi bahsda esa Xitoy terma jamoasi Tailandga qarsh bahs olib boradi. To‘qnashuv 19:00 da boshlanadi. Xitoy “C” guruhida Janubiy Koreyadan so‘ng ikkinchi o‘rinda pley-offga chiqqandi. Tailand esa “A” guruhida mezbon terma jamoa — BAAdan so‘ng ikkinchi o‘rinni band etgandi.

Musobaqa favoriti Eron terma jamoasi Ummonga qarshi maydonga tushadi. Kunning so‘nggi o‘yini 22:00 da boshlanadi. Ma’lumot uchun, Karlush Keyrush shogirdlari “D” guruhida 1-o‘rinni egallagandi. Ummon esa O‘zbekiston terma jamoasidan so‘ng “F” guruhida uchinchi o‘rinda pley-offga chiqqandi.

Osiyo Kubogi—2019

20-yanvar, yakshanba

1/8 final bahslari

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют