» » “Ayg‘oqchi kampir” mart oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi

“Ayg‘oqchi kampir” mart oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi


Rejissor Ulug‘bek Yunusovning “Ayg‘oqchi kampir 007” filmi mart oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Mart oyining birinchi haftasida kinoreytingida “Ayg‘oqchi kampir 007” dan keyingi o‘rinlarni Ozod Shamsning “Bebahoginam”, Ozod Shamsning “Voy dod 2” hamda “Sevadi, sevmaydi”, Ilhom Muhammadibrohimovning “Qizlarning jahli chiqdi” filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Koreyadagi muhabbat”, “Gazini bos, Jamshid”, “Sevgi sotilmas”, “Zulmat”, “Firibgar oshiq”, “Kokteyl” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.

27-fevral — 5-mart oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari

1-o‘rin. “Ayg‘oqchi kampir 007” ( komediya )
Rejissor – Ulug‘bek Yunusov

2-o‘rin. “Bebahoginam” (romantik drama)
Rejissor — Ozod Shams

3-o‘rin. “Voy dod 2” (komediya)
Rejissor — Ozod Shams

4-o‘rin. “Sevadi, sevmaydi” (komediya)
Rejissor — Ozod Shams

5-o‘rin. “Qizlarning jahli chiqdi” (komediya)
Rejissor — Ilhom Muhammadibrohimov

Опубликовано: admin (6-03-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют