» » “Bebahoginam” fevral oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi

“Bebahoginam” fevral oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi


Rejissor Ozod Shamsning “Bebahoginam” nomli romantik dramasi fevral oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Fevralning uchinchi haftasi kinoreytingida “Bebahoginam”dan keyingi o‘rinlarni Ulug‘bek Yunusovning “Ayg‘oqchi kampir 007”, Ilhom Muhammadibrohimovning “Qizlarning jahli chiqdi”, Ozod Shamsning “Sevadi, sevmaydi”, Murod Inog‘omovning “O‘g‘irlanmagan kelin” filmlari band etgan.

Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Koreyadagi muhabbat”, “Gazini bos, Jamshid”, “Voy dod 2”, “Darbadar”, “Firibgar oshiq” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.

1-o‘rin. “Bebahoginam” (romantik drama)

Rejissor — Ozod Shams

2-o‘rin. “Ayg‘oqchi kampir 007” ( komediya )

Rejissor – Ulug‘bek Yunusov

3-o‘rin. “Qizlarning jahli chiqdi” (komediya)

Rejissor — Ilhom Muhammadibrohimov

4-o‘rin. “Sevadi, sevmaydi” (komediya)

Rejissor — Ozod Shams

 5-o‘rin. “O‘g‘irlanmagan kelin”  (komediya)

Rejissor —Murod Inog‘omov

Eslatib o‘tamiz, “Bebahoginam” filmining premyerasi 13-fevral kuni bo‘lib o‘tgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev qizi Muqaddasning filmdagi achchiq taqdiriga chidolmay infarktni boshdan kechirdi

Опубликовано: admin (20-02-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют