» » Foto: Stokgolmning XIX asr oxiridagi telefon aloqasi

Foto: Stokgolmning XIX asr oxiridagi telefon aloqasi


XIX asr oxirida telefonga patent olinganidan so‘ng, telefon tarmog‘iga ulanish poygasi boshlangan. Biroq dastlabki telefon tarmoqlaridagi texnik cheklovlar sababli har biri telefonga uy yoki ofisni telefon stansiyasi bilan bog‘lash uchun o‘zining fizik tarmog‘i talab qilingan. Stansiyalarda qo‘ng‘iroqlar operatorlar tomonidan yo‘naltirilgan, deb yozmoqda TJournal.

Stokgolmda markaziy telefon stansiyasi 1890-yilda loyihalashtirilgan Telefontornet nomli ulkan minora bo‘lgan. Minora shahar bo‘ylab tarqalgan 5000 ta tarmoqni birlashtirib turgan.

XIX asrning oxirida Stokgolm Yevropaning telefon bilan eng yaxshi ta’minlangan shahri bo‘lgan.

Telefon tarmoqlarining tez rivojlangani sababli 1913-yilda Telefontornet to‘laligicha ish faoliyatidan to‘xtagan. Minora tez eskirgan, chunki telefon kompaniyalari yerosti kabellaridan foydalanishni boshlagan. 1952-yilning 23-iyulida yong‘in minorani kuchsizlantirib qo‘ygan va bu uning 1953-yilda buzib tashlanishiga olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют