» » Fransiya Jizzaxda oyna ishlab chiqaruvchi zavod qurilishiga 575 ming dollar ajratdi

Fransiya Jizzaxda oyna ishlab chiqaruvchi zavod qurilishiga 575 ming dollar ajratdi


Fransiya hukumati Jizzaxda oyna ishlab chiqaruvchi zavod loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun “Fivs Steyn” kompaniyasiga 575 ming AQSh dollari miqdorida  grant mablag‘larini ajratishga qaror qildi, deb xabar berdi Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati.

Ta’kidlash joizki, qurilishi rejalashtirilgan zavod jami 100 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalarni jalb etib, kuniga 600 tonna shisha ishlab chiqarish va 200 dan ortiq ish o‘rinlari yaratishga mo‘ljallangan.

“Fivs Steyn” shisha mahsulotlarini chiqarish uchun uskunalar va texnologik liniyalarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalarning biri bo‘lib, xalqaro miqyosda 200 yildan ortiq bo‘lgan tajribaga ega.

Kompaniyaning jahonda 30 dan ortiq mamlakatlarida 100 ta filiali va mintaqaviy ofislari mavjud.

So‘nggi 20 yil ichida kompaniya Turkiya, Saudiya Arabistoni, Braziliya va Rossiya kabi mamlakatlarda 22 ta zavod qurdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют