» » Antarktidada sirli organizm qoldiqlari topildi

Antarktidada sirli organizm qoldiqlari topildi


Olimlar minglab yillar davomida ajralib qolgan Antarktika ko‘lida tirik mavjudot qoldiqlarini topdi. Bu haqda Nature xabar berdi.

Tadqiqotchilar bunga qadar Antarktida suv havzalarida shu kabi narsalar topmagan va bunday sharoitda faqat bakteriyalargina yashashi mumkin deb hisoblagan.

Bu kashfiyot Subglacial Antarctic Lakes Scientific Access (SALSA) ekspeditsiyasi doirasida qilingan. Tadqiqotchilar Janubiy qutbdan 600 kilometr uzoqda joylashgan Merser ko‘lidan namuna olgan. Buning uchun chuqurligi bir kilometr bo‘lgan teshik yorib, unga harorat o‘lchaydigan qurilma tushirilgan. Qurilmaga yopishgan chiqindilar esa mikroskop yordamida o‘rganilgan.

Mutaxassislar unda diatom suv o‘tlari chig‘anoqlari, bo‘g‘imoyoqlilar qoldiqlari va mikroskopik hayvonlar borligini aniqladi. Shuningdek, mikroskop ostida chuvalchangdek ko‘ringan o‘simlik yoki qo‘ziqorin to‘qimalari ham topilgan.

Olimlarning fikricha, hayvonlar Merser ko‘lidan taxminan 50 kilometr uzoqlikda Trasarktik tog‘lari suv havzalarida yashagan. Bundan 10 ming yoki 120 ming yil avval muzliklarning erishi natijasida yashash uchun qulay sharoit paydo bo‘lgan.

Hayvonlar ko‘lda qanday paydo bo‘lganligi olimlarga hozircha noma’lum. Buni tushunishga organizmlar yoshini aniqlab beruvchi DNK tahlili yordam beradi. Kimyoviy tahlil esa ular quyosh nuri bilan yoritilgan ekosistemada yashaganmi yoki muzosti qorong‘i muhitda yashaganligini aniqlashga yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют