» » Ekspert: Sovet andozasidagi ta’lim tizimini G‘arb ta’lim tizimiga qarab o‘zgartirish kerak

Ekspert: Sovet andozasidagi ta’lim tizimini G‘arb ta’lim tizimiga qarab o‘zgartirish kerak


“Rivojlanish rejalarimizning barchasida ilm-fan sohasiga jiddiy e’tibor qaratilishi kerak, chunki ilm-fan ahvoli ta’lim darajasiga bog‘liq bo‘ladi”, — deydi o‘zbekistonlik mutaxassis, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov “Daryo”ga taqdim etgan maqolasida. Uning fikricha, ta’lim tizimi eng quyi pog‘onasidan boshlab rivojlantirilmasa, ko‘zga ko‘rinarli natijalarga erishib bo‘lmaydi. Ushbu jarayonda xalq ta’limi va o‘rta-maxsus va oliy ta’lim vazirliklari asosiy rol o‘ynaydi.

Ta’lim berish xizmatlarining sifati

Rejalashtiriladigan chora-tadbirlar ta’lim tizimining boshlang‘ich maktablardan tortib oliy o‘quv yurtlarigacha bo‘lgan barcha pog‘onalarida beriladigan ta’lim xizmatlarining sifatini oshirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bolalarning hammasi maktabgacha ta’lim olishini ta’inlash zarur. Bu — vazirliklar va mahalliy hokimiyatlar vazifalari doirasida hal qilinuvchi masala. Shuning uchun hukumat oldiga ko‘p yillar istiqbolini nazarda tutgan holda mamlakatdagi barcha tarbiyachilarning malakasini oshirish vazifasini qo‘yish kerak. O‘rta ta’limning  yangilangan mazmunga o‘tishini oxiriga yetkazish ishlarini tezlashtirish lozim. Buning uchun yangi dasturlar joriy, sifatli darsliklar hamda chet el maktablari tajribasiga asoslanib kadrlar tayyorlashning yangi tiziminijoriy qilish zaruriyati mavjud.

Maktab o‘quvchilarini rivojlantirish va o‘qitish sharoitlari

O‘quvchilar va ularning ota-onalarini keragidan ortiqcha o‘quv materialidan xalos qilish lozim.

Xalq ta’limi vazirligi va joylardagi hokimiyatlar maktab o‘quvchilari uchun ovqatlanish sifatidan tortib maktablarda keraklicha isitish masalasini hal qilib, ularning rivojlanishi va ta’lim olishi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratib berishi zarur. Har bir bola uchun qilingan xarajat mamlakatning baxtli kelajagi uchun sarf qilingan investitsiyadir.

Ta’limning barcha pog‘onalarida iqtisodning xususiy sektori bilan hamkorlikni rivojlantirish lozim. Maktablarda kishi boshiga moliyalashtirishni joriy qilish ishini davom ettirish kerak. Bunday yondashuv ta’lim tizimida xususiy kapitalning ulushini oshirishga imkon beradi. Bu — dunyo bo‘ylab kuzatilayotgan an’ana. Shuningdek, maktablarni nazorat organlarining son-sanoqsiz tekshiruvlaridan soqit qilish lozim.

O‘qituvchilar mehnatining samaradorligini oshirish uchun sharoit yaratish juda muhim. Buning uchun, pedagoglarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, va o‘quvchilar tomonidan maktab ichki tartib qoidalarini buzilishining oldini olish ta’minlash lozim. O‘quvchilar o‘qituvchilarga quloq solishlari va ularni hurmat qilishi zarur.

Kasb-texnik ta’limni rivojlantirish

Yaxshi natijalarga erishgan chet el tajribasiga asoslanib, fuqarolarga bepul kasbiy-texnik ta’lim (KTT) berish lozim. Bizning vazifamiz insonni birinchi ish kasbiga o‘rgatishdan iborat bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, iqtisodiyotimizda ushbu kasblarga talab bo‘lishi lozim. Mamlakatimiz KTT talabalarining juda kam qismigina ikki kasbga o‘qitish muassasalarida o‘qishadi xolos. Universitetlarning moddiy-texnik bazasi va mutaxassislar bilan ta’minlanganlik darajasi muammolari hali ham yechilmay qolib ketmoqda. Texnik va kasbiy ta’limni zamonaviylashtirish hamda ikki kasb beruvchi ta’limning hissasini oshirish maqsadida tizimli choralar ko‘rish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan zaruriyat mavjud.

Sovet davlati andozasidagi ta’lim tizimini G‘arb ta’lim tizimiga yo‘naltirilgan tizimga qarab o‘zgartirishda vazirlikning javobgarligi

Oliy ta’lim sohasida oliy o‘quv yurtlariga keng akademik erkinlik va mustaqillik berish lozim. Natijada ularning javobgarligi ortadi. OTM oldiga o‘z bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalasini qo‘yish lozim (bu vazifa qo‘yilgan, ammo u qanday bajarilishini barchamiz yaxshi bilamiz).

Oliy ta’lim vazirligi sovet davridan davom etib kelayotgan ta’lim tizimining o‘rniga ko‘proq G‘arb mamlakatlarida amalda bo‘lgan tizimga yaqinroq bo‘lgan tizimni kiritishi lozim. Masalan, nufuziga ko‘ra yuqori o‘rinlarda bo‘lgan universitetlarimizning qaysi biri o‘z shtatida chet ellik professorlarning ishlashi bilan maqtana oladi? Bunda til o‘qituvchilari mustasno, chunki ularda odatda magistrlik yoki ba’zan bakalavrlik darajasiga ega bo‘ladi xolos. Universitetlar o‘qituvchi tayyorlov malakasiga qo‘yiladigan talablarni, o‘qitish metodlari, universitetlarning o‘qituvchi va boshqa xodimlari mehnatiga pul to‘lash tizimini qayta ko‘rib chiqishlari lozim. Shuningdek, vazirlik universitetlarda ta’lim sifati darajasiga bo‘lgan talabni ko‘tarishi lozim. “Eng muvaffaqiyatli yuqori lavozim boshliqlarini jalb qilgan holda dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatish juda muhim”. Davlat universitetlarining yuqori boshqaruv lavozimlarida birorta chet ellik mutaxassis bormi?

Yuqorida keltirilgan takliflar haqida bir e’tiborga loyiq fikrni aytib o‘tish lozim. U ham bo‘lsa sun’iy ong (intellekt) texnologiyasidir. Kompyuter tadqiqotlarini keyingi, yuqoriroq darajaga olib chiqishni maqsad qilgan holda jahonning katta universitetlari o‘zlarining kompyuter ilmiy dasturlarini ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda: 2018-yil oktabr oyida Massachusets texnologiyalar instituti 1 millard dollar investitsiya sarflanishi rejalashtirilgan yangi kollej ochilishini e’lon qildi. Bu kollejning asosiy farqli tomoni shuki, unda ikki tilni biladiganlarga, xususan, biologiya, kimyo, siyosat, tarix va tilshunoslik sohalarida mutaxassis bo‘lgan va bunga qo‘shimcha ravishda ushbu sohalarga o‘zlari qo‘llashlari mumkin bo‘lgan zamonaviy kompyuter usullarida ko‘nikmalari bor insonlarga asosiy e’tibor beriladi. Ushbu tashabbus mashinalar ongi turli sohalar taraqqiyotiga qo‘shimcha turtki beradi degan umidlar bor.

Yuqorida keltirilgan misollar asnosida, O‘zbekiston uchun mashina ongi/sun’iy ong kelajagi, uchun poygada orqada qolib ketmaslik juda muhim masaladir; kompyuter sohasida tadqiqotlar uchun ko‘proq yordam berish zarur.

O‘zining 2016-yilda e’lon qilgan “Xalqaro ta’lim, global tushunish” nomli izoh-maqolasida oliy ta’limga xalqaro mavqe berish, uni xalqaro xizmat turiga aylantirish sohasida atoqli olim doktor Jeyn Nayt “oliy ta’lim va tashqi xalqaro munosabatlar orasida o‘ta jiddiy moslik mavjud” degandi. Fikrini tushuntirib, Nayt shunday yozadi:

Zamonaviy diplomatiyaning o‘zgaruvchan dunyosida oliy ta’lim juda katta rol o‘ynashi va o‘z hissasini qo‘shish kerak. Oliy ta’limning bugungi kun tadqiqotlar va siyosat tarmoqlaridagi innovatsiyalar, xalqaro ta’lim markazlari, hamkorlikda olib boriladigan dasturlar, global va ikki davlat asos solgan universitetlar bilan birga ilmiy hamkorligi va akademik har joyda hozirligi bilan mamlakatlar va mintaqalar orasida bilimlar ishlab chiqish, tarqatish va almashuv - qisqasi, bilimlar diplomatiyasi orqali xalqaro aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shishi mumkin.

Bunday o‘zaro bog‘liqlik O‘zbekiston uchun ham jiddiy ahamiyatga ega, chunki o‘z tashqi ishlar siyosatida ziddiyatlarni o‘rtaga tushib hal qilishga intiladigan mamlakatimiz Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchilardan hisoblanadi.

Bunday yuqori cho‘qqilarni ko‘zlagan maqsadlar bilan, bo‘lajak o‘zbek diplomatlari, siyosatchilari, iqtisodchilari, olimlari va boshqa siyosat yurg‘izuvchilarda puxta bilimga ega bo‘lishlari juda muhim.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farqlanishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют