» » Samarqand davlat universitetida Xalqaro qishki maktab tashkil qilindi

Samarqand davlat universitetida Xalqaro qishki maktab tashkil qilindi


79-yanvar kunlari Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti bilan hamkorlikda Samarqand Davlat Universiteti Xalqaro qishki maktab tashkillashtirdi. Tashkilotchilar kelajakda bu ijobiy tadbirning bir ananaga aylanib qolishiga va har bir semestrda muayyan bir tilshunoslik mavzusiga bagishlanib otkazilib borishiga umid qilmoqda.

Samarqand davlat universiteti ozining intensiv talim kurslari va ilmiy faoliyati tufayli Ozbekiston OTMlari orasida oz orniga ega, dinamik ravishda rivojlanayotgan universitetlardan biridir. Aytish joizki, mazkur Xalqaro qishki maktab nafaqat SamDUda, balki respublikada birinchilardan bolib tashkil etilayotgan bolib, bu oliy talim muassasasining xalqaro talim standartlariga otish yolida jiddiy qadamlar qoyayotganligidan dalolatdir.

Ushbu maktabga mamlakatning turli burchaklaridan tashrif buyurgan 100 dan ortiq amaliyotchi va bolgusi til oqituvchilari chet tillarni oqitish masalalariga bagishlangan bunday jiddiy tadbirni tashkil qilganliklari uchun universitet mamuriyatiga minnatdorchilik bildirishdi.

Ushbu Xalqaro Qishki maktab unda qatnashuvchilarga 21-asrda oqituvchilar tayyorlash va professional osish mavzusida jiddiy nazariy va amaliy darslar otish va malumotlar berish maqsadida tashkil qilindi. Uch kun ichida, qatnashuvchilar turli seminarlarga jalb qilindi. Maktabning dasturiga aralash kurslar va sinf xonasini tubdan ozgartirish, loyihalarga asoslanib organish, talimda zamonaviy usullarni qollash, yuqori nufuzli jurnallarda chop qilish, sinfni boshqarish, universitet-ishlab chiqarish sohasi hamkorligi, 21-asrda til organish va orgatish, talim sohasi islohotlari, talabga javob beradigan talim mazmuni taklif qilish kabi hozirki kunda chet tillarini oqitishda muhim masalalar kiritilgandi.

Xalqaro qishki maktab treneri, ozbekistonlik mutaxassis, amaliy tilshunoslik sohasi eksperti, fan doktori Azamat Akbarov, bunday ulkan tadbirni tashkil qilishda oz xizmatlarini kongilli tarzda taklif qildi. Hozirda u Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professoriridir. Uning umumiy ingliz tili va amaliy tilshunoslikning turli jabhalarida katta tajribaga ega, va bu sohalarda koplab maqola va ilmiy ishlar chop qilgan. Shuningdek, Akbarovning turli tillarda ishlash tajribasi ham bor. U fransuz, qozoq, turk, rus, koreys, bosniya va ozbek, hamda ingliz tillarida ish olib borgan. U Xalqaro Chet tillarni oqitish va amaliy tilshunoslik konferensiyasi raisi, Qozogiston amaliy tilshunoslik assotsiatsiyasi prezidenti, Chet tillarni oqitish va amaliy tilshunoslik jurnali (Foreign Language Teaching and Applied Linguistics) bosh muharriri.

Dastur ishlari tugagach, tadbirga qatnashgan mutaxassislarga halqaro standartda sertifikatlar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (9-01-2019, 19:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -