» » Samarqandda ham Vebster universiteti magistraturasi ochiladi

Samarqandda ham Vebster universiteti magistraturasi ochiladi


Samarqand davlat chet tillar institutida AQShning Vebster universiteti vitse-prezidenti Piter Maxer boshchiligidagi olimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Vebster universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti hamkorligida kadrlar tayyorlash bo‘yicha joriy yilda muhim kelishuvlarga erishildi. May oyida Vebster universiteti vakillari Samarqandga kelib, institut faoliyati bilan tanishdi. Iyul oyi oxirida esa samarqandlik olimlar Amerikada bo‘ldi.

— Bu bizning Samarqandga ikkinchi tashrifimiz, — deydi Vebster universiteti chet tili fakulteti dekani Dje Kayzer. — Bugungi muzokaralar davomida Toshkentda bo‘lgani kabi 2019-yilda Samarqand davlat chet tillar institutida “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish” akademik dasturi bo‘yicha bir yillik magistratura kurslarini tashkil qilishga kelishib oldik.

Amerikalik olimlar Samarqand davlat chet tillar instituti o‘qituvchilari uchun seminar-trening o‘tkazib, ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, kelgusida Vebster universiteti talabalari uchun Samarqandda qisqa muddatli “O‘zbek tili va madaniyati” o‘quv kurslarini tashkil qilish, amerikalik professor-o‘qituvchilarni Samarqand davlat chet tillar instituti o‘quv jarayoniga jalb etishga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2018, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют