» » Qora dengizda yonib ketgan tankerlarda yo‘qolgan dengizchilar halok bo‘lgan deb tan olindi

Qora dengizda yonib ketgan tankerlarda yo‘qolgan dengizchilar halok bo‘lgan deb tan olindi


Qora dengizda yonib ketgan ikkita tanker dengizchilari halok bo‘lgan deb tan olindi, deya xabar beradi “MK.ru”.

Shunday qilib, qutqaruv-qidiruv operatsiyasi holati  o‘zgartirilgan. Qurbonlar soni 20 kishi bo‘lishi mumkin.

Kemalardagi yong‘in hali ham davom etib, uni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Ayni damda 12 kishi qutqarilgan, 10 kishi halok bo‘lgan, yana o‘n nafar dengizchining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Tanzaniya bayrog‘i ostida harakatlangan “Kandi” va “Maestro” tankerlari Qrimning Takilidan 15 dengiz mili uzoqligida neytral suvlarda yonib ketgan.

Ma’lum bo‘lishicha, tankerlarga Temryukda suyultirilgan gaz yoqilg‘isi quyilgan bo‘lib, keyinroq bir kemadan boshqasiga yoqilg‘i quyila boshlaganda yong‘in sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, tankerlar yoqilg‘i bilan kulrang sxema bo‘yicha ishlagan.

Ekipaj a’zolari Hindiston va Turkiya fuqarolaridan tarkib topgan bo‘lib, hozirda Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan odamlarning o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют