» » Siyosatchi Navalniy: Vladimir Solovyovning Italiyada 2 ta villasi bor

Siyosatchi Navalniy: Vladimir Solovyovning Italiyada 2 ta villasi bor


Aleksey Navalniyning korrupsiyaga qarshi kurash jamg‘armasi o‘zining YouTube’dagi kanalida rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov haqida video joyladi, deya xabar berdi “Tengrinews”.

Unda teleboshlovchi Italiyada million yevrolik villa va narxi taxminan 15 million rubl bo‘lgan Maybach mashinasi sotib olganligi aytilgan. Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, Komo orolida joylashgan ushbu villa 2013-yilda sotib olingan bo‘lib, teleboshlovchining birinchi sotib olgan uyidan 11 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Isbot tariqasida Navalniy oldi-sotdi shartnomasi va kadastr hujjatidan qo‘chirmani taqdim etgan. Ushbu hujjatlarga ko‘ra, uyning maydoni 37 sotixni tashkil etadi. Navalniyning ta’kidlashicha, hujjatda Solovyov rezident, mahalliy fuqaro sifatida ko‘rsatilgan, kasbi degan joyida esa “artist” deb yozilgan.

“Uning Italiyada ikkita villasi bor. Bu ko‘rsatuvni tomosha qiluvchi har bir telemoshabinning esida bo‘lishi kerak”, — deydi siyosatchi videoda.

Xabarda aytilishicha, Vladimir Solovyovdan ushbu videoga izoh berish so‘ralgan.

“Tekshirib ko‘rmoqchimi — chet el mol-mulkini tekshirib yuraversin. Men davlat xizmatchisi emasman va hech qanday qonunni buzmaganman. Yana qayerdandir uy sotib olgim kelsa — yana olaman. Soliqlarni to‘layapman. Mening ko‘rsatuvlarim “Rossiya” telekanaligi ko‘p pul olib kelayotgandan xursandman, qurbim yetyapdiki olyapman”, — deb javob bergan teleboshlovchi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют