» » Brand Finance dunyodagi eng qimmat brendlar nomini e’lon qildi

Brand Finance dunyodagi eng qimmat brendlar nomini e’lon qildi


Brendlarning qiymatini baholash bilan shug‘ullanadigan Brand Finance konsalting kompaniyasi dunyodagi eng qimmat brendlarning yillik reytingini taqdim etdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.

500 ta brendni o‘z ichiga olgan reytingga Amazon boshchilik qilgan. Reyting mualliflarining fikricha, o‘tgan yil ushbu kompaniya brendi 24,6 foizga oshib, 187,9 milliard AQSh dollarni tashkil qilgan.

Amazon’dan tashqari ro‘yxatga yana beshta texnologik kompaniya kirgan.

Apple brendi avvalgi ikki yil kabi ikkinchi o‘rindan joy olgan. Uning qiymati 5 foizga o‘sib, 153,6 milliard AQSh dollarga yetgan.

Ro‘yxatning uchinchi pog‘onasida Google. Mazkur brend qiymati 18,1 foizga o‘sib, 142,7 milliard AQSh dollarga ko‘tarilgan.

2017-yilda kompaniya dunyodagi eng qimmat brendlar reytingiga boshchilik qilgandi.

TOP-10 ro‘yxatdan “Microsoft” kompaniyasi (119,6 milliard AQSh dollar), Samsung (91,3 milliard AQSh dollar), AT&T telekommunikatsiya guruhi (87 milliard AQSh dollar), Facebook (83,2 milliard AQSh dollar), Xitoyning ICBC bank guruhi (79,8 milliard AQSh dollar) va Verizon telekommunikatsiya kompaniyasi (71,15 milliard AQSh dollar), Xitoy qurilish banki (69,7 milliard AQSh dollar) joy olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют