» » Yashnobod tumanidagi YTH oqibatida shakar ortilgan “KamAZ” ag‘darilib ketdi

Yashnobod tumanidagi YTH oqibatida shakar ortilgan “KamAZ” ag‘darilib ketdi


Bugun, 23-yanvar kuni Yashnobod tumanida Toshkent halqa yo‘lining “Vodiy” kafesi yaqinida taxminan 13:00 da “KamAZ” yuk mashinasi va “Jiguli” yengil mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

“KamAZ” haydovchisi 28 yoshli Yu. Salohiddin undan oldinda harakatlanayotgan avtomobillarni quvib o‘tishga urinib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida turgan “Jiguli”ga to‘qnashib ketgan. Oqibatda shakar qoplari ortilgan “KamAZ” ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan: YTH yuz bergan vaqtda “Jiguli” avtomobilida hech kim bo‘lmagan, “KamAZ” haydovchisi ham sog‘-salomat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют