» » Venesuela prezidenti AQSh bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Venesuela prezidenti AQSh bilan diplomatik aloqalarni uzdi


Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh bilan diplomatik aloqalarni uzdi va amerikalik diplomatlardan mamlakatni 72 soat davomida tark etishni talab qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

“AQSh hukumati bilan diplomatik va siyosiy aloqalarni uzishga qaror qildim. Muxolifatchilar AQSh rasmiylari ko‘magida davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urindi”, — ta’kidladi Maduro tarafdorlari oldidagi chiqishida.

Venesuela prezidenti mamlakat suverenitetini har qanday yo‘l bilan himoya qilishga tayyorligini bildirdi va qurolli kuchlarni “sadoqat, yakdillik va bo‘ysunishga chaqirdi”.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Venesuela milliy assambleyasi rahbari Xuan Guaido prezidentlik vakolatini qabul qilganini bildirgan, AQSh prezidenti Donald Tramp uni tan olishini e’lon qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют