» » Shotlandiyalik arxeologlarning tosh doira shaklidagi topilmasi oddiy fermerga tegishli bo‘lib chiqdi

Shotlandiyalik arxeologlarning tosh doira shaklidagi topilmasi oddiy fermerga tegishli bo‘lib chiqdi


2018-yilning oxirida arxeologlar Shotlandiyaning shimoliy-sharqidagi Alford shahri yaqinida ilgari noma’lum bo‘lgan tosh doirasini topgan, deya xabar beradi “TJournal”.

Tadqiqotchilar e’tiborini topilmaning g‘ayrioddiyligi qiziqtirgan. Doira hajmi mashhur Stouxenjdan kichik bo‘lib, u kichik hajmli toshlardan qurilgan, markazda tipik piramida yo‘q.

Olimlar topilma yoshini 3500—4500 deb tahmin qilgan, mahalliy mulozimlar esa o‘z hisobotlarida topilma qiymati haqida yozgan.

Biroq 21-yanvar kuni tosh doirasi topilgan fermaning sobiq xo‘jayini arxeologlar bilan bog‘langan va qurilmani 90-yillarda u qurganini ma’lum qilgan.

Aberdinshir Kengashi vakili Nil Akerman fan toshlarning yoshini aniq belgilashi mumkinligi, ammo ularni o‘rnatish vaqtini aniqlay olmasligini tan olgan.

Shuningdek, Alford devorining quruvchisi tosh obidalarning xususiyatlarini aniq aks ettirganini qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют