» » Xitoyda it hushini yo‘qotgan egasini qutqarish uchun shifokorlar olib keldi

Xitoyda it hushini yo‘qotgan egasini qutqarish uchun shifokorlar olib keldi


Retriver naslli it hushini yo‘qotgan egasini qutqarish uchun tez yordam mashinasi kutib turdi va undagi shifokorlarni zarur joyga olib bordi, deb yozadi Daily Mail.

Hodisa Xitoyning Shansi provinsiyasidagi Yunchen okrugida yuz bergan. Ko‘chadagi muyulishlardan birida itning egasi hushini yo‘qotgan, mahalliy aholi bu haqda tez yordam xizmatiga xabar bergan.

Shu vaqtda it katta ko‘chaga chiqib shifokorlarni kuta boshlagan, tez yordam mashinasini ko‘rishi bilan haydovchiga uning ortidan borish uchun belgi bergan. Natijada it qutqaruvchilarni egasining oldiga olib kelgan.

Shifokorlardan biri erkak haddan ortiq alkogol iste’mol qilgani oqibatida xushini yo‘qotganini aytgan. Itning harakatlari shifokorlar tomonidan videoregistratorda qayd etildi.

Tez orada it internetda mashhur bo‘ldi: ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari itning harakatlaridan ta’sirlanib, uni “qutqaruvchi-farishta” deb atamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют