» » Shveysariyada qizining tanasidan ruhlarni haydamoqchi bo‘lgan ota uni o‘ldirib qo‘ydi

Shveysariyada qizining tanasidan ruhlarni haydamoqchi bo‘lgan ota uni o‘ldirib qo‘ydi


O‘rta asrlar ishqibozi bo‘lgan shveysariyalik erkak o‘z qizidan ruhlarni haydashga urinish chog‘ida uni o‘lgunicha kaltaklashda ayblandi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Hodisa Vagenxauzen kantonida yuz bergan. Xabar qilinishicha, 25 yoshli Vanessa va uning otasi Klaus yangi 2016-yilni birga nishonlagan. Qiz o‘z otasi bilan 23 yoshida tanishgan, chunki uni yolg‘iz o‘stirgan onasi Klausning kimligini qiziga aytishni xohlamagan. Ota va qiz ko‘rishganidan so‘ng ular orasida janjal kelib chiqqan.

Ota qizning jahldorligi uning savdoyiligi bilan bog‘liqligini aytgan va undan jinlarni haydashga qaror qilgan. Buning uchun u qizini yalang oyoq bilan massaj qila boshlagan. Qiz qarshilik qila boshlaganda, ota uni bir necha marta musht bilan urgan va qorniga tepgan, bu qizda ichki qon ketishni va ichak yorilishini keltirib chiqargan.

Jarohatlariga qaramasdan, qiz dushga borgan va u yerda hushini yo‘qotgan. Ota unga yordam berishga uringan, biroq shifokorlarni chaqirishga ancha kech bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют