» » Gernsi politsiyasi Emiliano Salani qidirishda davom etadi

Gernsi politsiyasi Emiliano Salani qidirishda davom etadi


Gernsi orollari politsiyasi bortida argentinalik futbolchi Emiliano Sala bo‘lgan samolyot yo‘qolgan hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini qaytadan yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi.

Biz yuqoridan samolyotlarda qirg‘oq bo‘ylab qidirishni boshlaymiz. Qidiruv tadbiri Normand orollari hududida amalga oshiriladi, — deb xabar berildi Gernsi politsiyasining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

21-yanvar, dushanba kuni kechqurun argentinalik hujumchi Emiliano Sala “Nant” klubidagi sobiq jamoadoshlari bilan xayrlashib, “Kardiff” safiga qo‘shilish uchun Buyuk Britaniyaga uchadi.

Samolyot havoga ko‘tarilgandan 1-2 soat o‘tib, Normand orollari hududida radarda ko‘rinish bermay qoladi. Aviahalokat yuz bergani taxmin qilinib, u yerga qidiruv-qutqaruv guruhi yuboriladi. Qidiruv natijasida dengizdan metall qismlari topilgan. Ular samolyotning bo‘laklari bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilinmoqda.

Avvalroq u o‘tirgan samolyot “Kardiff” klubiga tegishli ekanligi va u texnik ko‘rikdan o‘tmagan bo‘lgani haqida berildi. Ammo keyinchalik klubning samolyotga hech qanday aloqasi yo‘qligi ma’lum qilindi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют