» » “O‘zbekneftgaz” yevrobondlarni chiqarishda “Gazprombank” bilan ishlaydi

“O‘zbekneftgaz” yevrobondlarni chiqarishda “Gazprombank” bilan ishlaydi


“O‘zbekneftgaz”AJda “Gazprombank” vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi Online”.

Uchrashuvda kredit va moliyaviy, sarmoyaviy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” korxonalari va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek “Gazprombank” boshqaruvi raisining o‘rinbosarlari ishtirok etgan.

Uchrashuvda “Gazprombank” “O‘zbekneftgaz”ning yetakchi hamkorlaridan biri ekanligi ta’kidlandi. Bugungi kunda tomonlar nafaqat O‘zbekiston neft-gaz sanoatida, balki boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan qator sarmoyaviy loyihalarni moliyalashtirishni ham o‘rganish va tashkil etish bilan birga hamkorlik qilmoqda.

“O‘zbekneftgaz”ning xalqaro kapital bozorlarida ilk bora yevrobondlarni chiqarishda masalalari bo‘yicha ikkita global muvofiqlashtiruvchilardan biri sifatida “Gazprombank”ni belgilash bo‘yicha kelishuv imzolandi.

“Gazprombank” vakillari bilan uchrashuv “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi”ning ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish “2017—2021-yillarda uglevodorod qazib olishni oshirish” dasturi va boshqa mavzulardagi dolzarb masalalarni muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют