» » “Sevilya”ning to‘rt o‘yin davom etgan g‘alabali seriyasiga Ispaniya kubogi finalchisi “Alaves” yakun yasadi

“Sevilya”ning to‘rt o‘yin davom etgan g‘alabali seriyasiga Ispaniya kubogi finalchisi “Alaves” yakun yasadi


Ispaniya La ligasining 26-turi “Alaves” hamda “Sevilya” klublari o‘rtasidagi bellashuv bilan o‘z yakuniga yetdi.

Basklar o‘lkasida o‘tgan uchrashuvda g‘olibni aniqlab bo‘lmadi — 1:1. Hisob mehmonlar tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, chempionlik uchun kurash olib borayotgan “Sevilya” bu ustunlikni uchrashuv yakuniga qadar saqlab qola olmadi.

Ma’lumot uchun, mazkur jamoalarning Andalusiyada o‘tgan uchrashuvida “Sevilya” 2:1 hisobida zafar quchishning uddasidan chiqa olgandi.

Endilikda Xorxe Sampaoli jamoasi Madridning “Real” klubidan 3 ochko ortda qolishni boshladi. Unutmaslik kerak, “Qirollik klubi”da bitta zaxira o‘yini mavjud.

Ispaniya La ligasi
26-tur
6-mart, dushanba

Gollar: Vissam Ben-Yedder, 23 (0:1). Aleksandar Katai, 75 (1:1).

Опубликовано: admin (7-03-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют