» » O‘FA: futbolga aloqador shaxslar maxsus inspeksiya tomonidan qattiq nazorat qilinadi

O‘FA: futbolga aloqador shaxslar maxsus inspeksiya tomonidan qattiq nazorat qilinadi


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakat futboli rivojiga to‘sqinlik qilayotgan, qonunda, reglamentlarda belgilab qo‘yilgan bandlarga rioya etmay, noqonuniy ishlarga qo‘l urayotgan shaxslarga qarshi kurashni davom ettiradi. Bu haqda O‘FAning rasmiy saytida xabar berildi.

Tashkilotning bu kabi ishlari maxsus inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi.

Yozilishicha, futbol rivojiga to‘sqinlik qiladigan ta’magirlik, korrupsiya, poraxo‘rlik, kelishilgan o‘yinlar, totalizatorlar masalasi va boshqa shu kabi illatlarga qarshi kurash kuchaytirilishi kutilmoqda. Tashkilot endi faqatgina o‘z inspeksiyasi bilan cheklanib qolmay, bu kabi kirdikorlarga qarshi kurashish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

Maxsus inspeksiya murabbiylar, hakamlar, futbolchilar, futbol sohasidagi mansabdor shaxslarning qonunga zid ishlarini nazorat qilib boradi. Shuningdek, O‘FA yoki PFLda faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, o‘zi qonunga zid ish ko‘rayotganlar ham jazodan chetda qolmaydi, deyiladi xabarda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют