» » Navoiyda hali ishga tushmagan bog‘chasiga xodimlarni pul evaziga ishga joylashtirmoqchi bo‘lgan tadbirkor va uning dugonasi ushlandi

Navoiyda hali ishga tushmagan bog‘chasiga xodimlarni pul evaziga ishga joylashtirmoqchi bo‘lgan tadbirkor va uning dugonasi ushlandi


Uchquduq tumanida xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi ochib, noqonuniy daromad topmoqchi bo‘lganlarning nayranglari fosh etildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Uchquduqlik tadbirkor Gullola Xo‘jayeva (ism-shariflar shartli) tumanda xususiy bog‘cha faoliyatini yo‘lga qo‘yishni niyat tutib, hujjatlarni rasmiylashtirish bilan birga muassasa uchun kadrlar topish ishlarini ham birvarakayiga boshlab yubordi.

— Ish axtarib yurgan tanishlaring bo‘lsa gaplashaver, faqat ishonchli bo‘lsin, — dedi u tanishi Gulasalga.

Ikkovlon hali qurilishi rejalashtirilayotgan muassasada yaratilajak 16 ta ish o‘rnining “stavka”larini o‘rnatib oldi. Unga ko‘ra oliy ma’lumotli tarbiyachilar “bepul”, o‘rta ma’lumotli yordamchi tarbiyachi, oshpaz va texnik xodimlarning “stavka”si 3 milliondan 4 million so‘mgacha belgilandi.

Bandlik muammosi Uchquduqqa ham dolzarb. Tumanning o‘nlab yoshlari qatori Xurshida ham ish axtarayotgan edi.

— Senbop ish bor, xarajatidan qochmasang bo‘ldi, — dedi unga Gulasal. — 4 million so‘m ketadi. Oliy ma’lumotli bo‘lganingda boshqa gap edi.

Savdo 3 million 800 ming so‘mga pishib, pul ertaga keltirilishiga kelishildi. Biroq Gullolaning sabri chidamadi.

— Bugun kechqurun kelishilgan pulni olib kelmasang, o‘rningga boshqa odam olarkan, — dedi shartni Xurshidaga yetkazgan Gulasal.

Xurshida huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi. “Qadrdonlar” ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Ularning har ikkisiga jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudi hukmi bilan eng kam oylik ish haqining 40-50 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют