» » Milliy xavfsizlik xizmatining nohaq qamalgan xodimasi oqlandi

Milliy xavfsizlik xizmatining nohaq qamalgan xodimasi oqlandi


O‘zbekiston MXXning Farg‘ona viloati boshqarmasi sobiq xodimi Mo‘tabar G‘ofurova besh yillik qamoq jazosidan keyin oqlandi. Undan ayblov olib tashlangan, harbiy unvoni va kasallik nafaqasi qaytarilgan. Bu haqda Adliya vazirligining “Inson va qonun” gazetasiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

1965-yilda tug‘ilgan Mo‘tabar G‘ofurova 1992—2009-yillarda O‘zbekiston Respublikasi MXX (hozirgi DXX) Farg‘ona viloyat boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. O‘z faoliyatining so‘nggi yillarida u MXXning Qo‘qon bo‘limida tezkor xodim lavozimida ishlagan va kapitan unvoniga ega bo‘lgan. 2009-yilning 16-fevralida o‘z xizmat faoliyatini yakunlagach, bronxial astma kasalligi sababli unga kasallik nafaqasi tayinlangan.

Qayd etilishicha, Mo‘tabar G‘ofurova MXXning viloyat boshqarmasi boshlig‘i bilan kelisha olmay qolgan va tuhmatga uchragan. Jinoiy ish ochilib, guvohlar unga qarshi ko‘rsatma berishga majburlangan. Harbiy sudning 2009-yil 23-dekabridagi hukmiga ko‘ra, M.G‘ofurova Jinoyat kodeksining 156-, 159- va boshqa moddalarida aybdor deb topilib, 7 yil muddatga ozodlikdan hamda 3 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etilgan.

U jazo muddatining 5 yilini o‘tagach, amnistiya aktiga asosan ozodlikka chiqqan. Harbiy sud apellyatsiya hay’atining 2018-yil 29-mayidagi ajrimi bilan M. G‘ofurova butunlay oqlangan.

“Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotganimda — 2014-yil 2-sentabrida mening dog‘imda kuygan onajonim Nurxon G‘ofurova vafot etdi. Men qamalganimda 10 yosh bo‘lgan va buvisining qo‘lida qolgan yakka-yu yagona farzandim Farangiz Sobirjonovaning esa guldek bolaligi xazon bo‘ldi. Endi o‘zingiz ayting: bu yo‘qotishlarim va iztiroblar o‘rnini kim va nima to‘ldiradi? Qolaversa, Jinoyat kodeksining 230-moddasi va 231-moddasiga binoan meni nohaq javobgarlikka tortgan shaxslarning o‘zi qonun oldida javob berishmaydimi?” — degan Mo‘tabar G‘ofurova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 11) ( 0) ( 11) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют