» » MXXning yangi raisi Ixtiyor Abdullayev kim? (video)

MXXning yangi raisi Ixtiyor Abdullayev kim? (video)


31-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Milliy xavfsizlik xizmatining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilish sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili va Milliy xavfsizlik xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarga bag‘ishlandi.

Mavzuga doir: Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov o‘rniga Ixtiyor Abdullayev tayinlandi

Yig‘ilish tashkiliy masala ko‘rildi — shu vaqtgacha O‘zbekiston bosh prokurori sifatida ishlab kelayotgan Ixtiyor Abdullayev O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi. U mazkur lavozimda xizmatning 23 yillik rahbari — Rustam Inoyatovni almashtirdi.

Abdullayev 1966-yil 22-mayda Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan. Rossiyadagi Perm davlat universitetini huquqshunos mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

1988—1990-yillarda Farg‘ona shahar sudida sud ijrochisi bo‘lib ishlagan. 1990—1993-yillarda Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasida maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 1993—1995-yillarda Farg‘ona shahar sudida sudya, sud raisi lavozimlarida ishlagan. 1995—1997-yillarda Farg‘ona viloyat sudida sudyalik, jinoyat ishlari bo‘yicha sud hay’atiga raislik qilgan.

1997—2000-yillarda Prezident Davlat maslahatchisi xizmatida fuqarolik va amnistiya masalalari bo‘yicha referent bo‘lgan. 2000-yildan 2001-yilgacha Andijon viloyat sudiga raislik qilgan, 2001—2002-yillarda Prezident Davlat maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lgan. 2002—2006-yillarda adliya vaziri birinchi o‘rinbosari, 2006—2010-yillarda esa Prezident Davlat maslahatchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

2010-yili Prezident farmoni bilan Senat a’zosi etib tayinlangan, 2015-yilda senator etib qayta tayinlangan. Ixtiyor Abdullayev 2015-yil aprelida O‘zbekiston bosh prokurori lavozimiga kirishgan edi — o‘shanda u 15 yil bosh prokurorlik qilgan Rashidjon Qodirov o‘rnini egallagan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ixtiyor Abdullayevni aksariyat islohotlarning borishini nazorat qiluvchi mas’ul etib belgilagan edi. Ixtiyor Abdullayev Prezidentning ishonchini qozongan, jumladan, 2017-yil iyunida Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev hududlardagi prokurorlarni Ixtiyor Abdullayevga ko‘mak berishga chaqirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют